Norvegiyada ğaroyib işlar sodir bölyapti desak mubolağa qilmagan bölamiz. Uy egasi öz itiga ğaroyib vazifani — kir yuvişni örgatdi. Bu haqda Novoston xabar bermoqda.
Goril Elis Xoff Olsen internetda bir video joylaştirdiki, unda Çampis deb nomlangan itni rözğor işlarida öz xöjayiniga qanday qilib yordam berayotganligining guvohi böliş mumkin. It kir yuviş maşinasiga kirlarni joylaştirişi, ular toza bölgaç esa, kirlarni u yerdan olişi mumkin.
Jonivorga kir yuviş maşinasi qanday qilib kirlarni yuvişini tomoşa qiliş yoqadi. Bundan taşqari Çampis ort oyoqlarida turgança maşinani öçirib yoqadi.







