Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti, “Kamolot” YoIH BT, xotin-qizlar Qömitasi hamda “Mahalla” telekanali hamkorlikda institut madaniyat saroyida 8 mart—Xalqaro xotin-qizlar bayrami, şuningdek, 2016 yil “Soğlom ona va bola yili”ga bağişlangan “Mahallamiz malikasi” körik-tanlovi bölib ötdi. Tadbirdan közlangan asosiy maqsad soğlom turmuş tarzi, bolalar tarbiyasi, orastalik va oilada özaro hurmat, muhabbat, talaba-qizlarni oilaga tayyorlaş va ular örtasida tinçlik, döstlik va hamjihatlik ğoyalarini tarannum qiliş, özaro madaniy-ma'naviy hamkorlikni yanada mustahkamlaşdan iboratdir.

Saralaş bosqiçidan muvaffaqiyatli ötgan yetti nafar gözal iste'dod sohibalari erişgan yutuqlari, sport sohasi, pazandalik sirlari, kuy va qöşiqlar va sahna körinişlaridan iborat şartlar böyiça bellaşib, öz iqtidorlarini namoyon etdilar.

Keskin va murosasiz, öz örnida tomoşabinlarga bahoriy kayfiyat ulaşgan bellaşuvning eng zukko va dono iştirokçisi Sarvinoz Rözmetova “Mahalla malikasi”ga munosib deb topildi.

Barça iştirokçilar institut rahbariyati va “Kamolot”YoIH boşlanğiç taşkiloti tomonidan qimmatbaho sovğalar va faxriy yorliq va diplomlar bilan taqdirlandi.