Bugungi kunda sportning futbol turiga qiziqiş Özbekistonning turli şahar va qişloqlarida tobora ommalaşib bormoqda. Bunga misol qilib Kuymazor qişloğida bölib ötgan futbol çempionatini keltirişimiz mumkin. Kuymazor qişloği Namangan viloyatining Töraqörğon tumanida joylaşgan bölib unda atigi 3800 nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi.
Şu qişloq yoşlarini sportga jalb qiliş, bolalar va ösmirlar orasida futbolni keng tarğib qiliş maqsadida barça yillarda tuğilgan yoşlardan iborat «Kuymazor kubogi» taşkil etildi va e'lon qilindi. Bir hafta içida taşkilotçilarga naqd 20 ta jamoa buyurtma topşirişdi. Har bir jamoa tarkibida 16-20 nafardan iştirokçilar röyxatga olingani alohida e'tiborga sazovor.


3-örin uçun keçgan bahsda 1991 yilda tuğilganlar 1997 jamoasini 1:0 hisobida mağlub etişgan bölsa finalda 1996 yillarda tuğilgan yoşlardan iborat jamoa özlaridan 10 yoş kattalar 1986 yillarga 3:1 hisobida mağlub bölişdi.

— «Bunday sport musobaqalari yoşlarni faqatgina jasurlik, halollik, qolaversa, sportga mehr qöyişiga sabab böladi», — deydi, Kuymazor mahalla fuqarolar yiğini maslahatçisi Homidova Risliğoy.
— «Qişloğimizda har yili bunday turnirlar taşkil qilamiz. Lekin mana şu yilda 20 ta jamoa qatnaşgani odamni quvontiradi. Bu turnirga öz hissasini qöşgan homiylarga öz minnatdorçiligimizni bildiramiz», — deydi Kuymazor mahalla posboni Kenjabek Toşpulatov.

Musobaqa ğoliblari 1 million söm miqdordagi pul mukofoti bilan taqdirlanişdi.

Kuymazor futbol çempionati natijalari bilan tanişing:

1-örin. 1986 yillar
2-örin. 1996 yillar
3-örin. 1991 yillar
4-örin. 1997 yillar

Eng yaxşi futbolçi — Qahhorov Şerali (1986)

Eng yaxşi töpurar — Eşmatov Elmurod (1991)

Eng yaxşi darvozabon — Şamsiddinov Zuhridin (1994)

Eng yoş tezkor futbolçi — Xolmirzayev Mirodil (2000-B)