AQŞning SpaceX kompaniyasi bortida SES-9 sun'iy yöldoşi bölgan Falcon 9 raketa-taşuvçisini fazoga uçirdi, deb ma'lum qilinmoqda kompaniya tviterida.
Raketa Florida ştatidagi Kanaveral burnidagi AQŞ harbiy-havo kuçlari kosmodromidan mahalliy vaqt bilan soat 18.35 da uçirilgan.

Raketa oğirligi 5,3 ming kg keluvçi SES-9 kommunikatsion yöldoşini orbitaga olib çiqişi kerak. Sun'iy yöldoş Boeing Satellite Systems kompaniyasi tomonidan qurilgan va 15 yil işlaşga möljallangan.
Avvalroq raketaning parvozi 4 marotaba turli sabablarga köra qoldirilgan edi. Oxirgi marta raketa uçirilişi 1 mart kuni kuçli şamol tufayli qoldirilgandi.






