Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2016 yil 1 mart kuni Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlaş töğrisidagi qarorni imzoladi. Qaror matni ÖzA tomonidan e'lon qilingan.

Mamlakatimizda mötabar ayol zotiga munosib hurmat-ehtirom körsatiş, ularning jamiyatimizdagi örni va nufuzini oşiriş, soğlom va barkamol avlodni voyaga yetkaziş, özining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoşlarga örnak bölib kelayotgan qizlarni rağbatlantiriş maqsadida hamda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi «Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta'sis etiş böyiça takliflarni qöllab-quvvatlaş töğrisida»gi farmoniga asosan:

1. Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrining iqtidorli qizlarini a'lo xulqi, noyob iste'dodi, zukkoligi, taşabbuskorligi, öqişdagi muvaffaqiyatlari hamda adabiyot, madaniyat, san'at, ta'lim va sport sohalaridagi alohida yutuqlari uçun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlaş töğrisidagi takliflari ilovadagi röyxatga muvofiq ma'qullansin.

2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bağişlab ötkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va kökrak nişonlari topşirilsin.

3. Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik iş haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilişini ta'minlasin.

4. Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Özbekiston Milliy axborot agentligiga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste'dodi va erişgan yutuqlarini keng yoritib boriş tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari E.Bositxonova zimmasiga yuklansin.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar röyxati

Bayjigitova Aziza Alliyar qizi – Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus şahridagi 22-ixtisoslaştirilgan umumiy örta ta'lim maktabining 9-sinf öquvçisi

Foziljonova Sevaraxon Baxodirjon qizi – Andijon san'at kollejining 3-bosqiç öquvçisi

Aliyeva Gulnoza Akramovna – Buxoro muhandislik-texnologiya instituti qoşidagi 1-akademik litseyning 3-bosqiç öquvçisi