Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani Ahmadzayning ma'lum qilişiça, mamlakat şarqidagi IŞID bilan aloqador jangarilar butunlay yakson qilingan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.

Parlament a'zolari qarşisidagi çiqişi vaqtida u Pokiston bilan çegaradagi Nangarhar viloyati hududid IŞID ta'siri ostida bölgan jangari guruhlarga qarşi harbiy amaliyotlar ötkazilgan va ular yöq qilingan.

Amaliyotlar 21 kun davomida viloyatning Açin va Şinvar tumanlari hududlarida ötkazilgan hamda yuzlab jangarilar öldirilgan.

Uning qöşimça qilişiça, "Afğoniston IŞID uçun qabristonga aylandi".

Xabar qilinişiça, IŞID 1 yildan oşiqroq vaqt davomida Afğoniston hududida öz mavjudligini saqlab turdi. Bu yerdagi guruh a'zolarining aksar qismi "Tolibon"ning sobiq jangarilaridan iborat bölgan.