BAAda bir guruh kişilar Boeing 747 samolyotini qöllari bilan tortişdi va köz kasalliklarini davolaş va oldini oliş uçun öz hissalarini qöşişdi. 

Dubai Airports tomonidan taşkil qilingan bellaşuvda jami 10 nafar guruh özining jamoaviy kuçini sinaş maqsadida 747 National Air Cargo samolyotini uzoq masofaga tortiş böyiça özaro bellaşdi.

Samolyotni tortiş musobaqasi Orbis (butunjahon böylab közi ojizlarni davolaş va uning oldini oliş böyiça faoliyat yurituvçi NNT)ning “Sening köz nuring, bizning baxtimiz” taşabbusi uçun zaruriy mablağni töplaş maqsadida ötkazildi.
Jamoalarning har bir a'zosi Qizil yarim oy jamiyati orqali Orbisga donor sifatida 1000 dirxamdan mablağ ajratdi.

“Samolyotni uzoq masofaga tortiş tanlovi kunning eng muhim voqeasiga aylandi. U agar insonlar qandaydir muammolarni hal etiş uçun birgalikda harakatlansa, ilojsiz narsani ham röyobga çiqariş mumkinligini isbotladi. Aeroportning barça xodimlari hayriya işni qöllab-quvvatlab, dunyoning barça nuqtalariga yetkaziluvçi moddiy yordamga öz hissalarini qöşişgani juda ham quvonarli böldi”, - dedi Dubai Airports ijroçi direktori Pol Griffits.

Orbisning Yaqin Şarqdagi hamkorlik rahbari Florence Branche tanlovni şunday izohladi: “Bugungi tadbirdan yiğilgan mablağlar köz xastaliklaridan aziyat çekuvçi insonlarning yana köproq qismiga yordam berişga va oftalmologik xizmatlarni kuçaytirişga yordam beradi”.

Tanlovda iştirok etganlarga homiy sifatida köz jarrohligi uçun har biri 10 000 dirxam turuvçi donorlik kuponlarini sotib oliş imkoni berildi.

Şuningdek, maxsus xayriya tuşligi taşkil etilib, ovqatlaniş uçun sarflangan xarajatlar fond hisobiga ötkazildi.

فريق من مطارات #دبي يشارك في تحدي سحب طائرة البوينج 747 لاطول مسافة ممكنة pic.twitter.com/cr8MOxgw2Y

— مطارات دبي (@DubaiAirportsAr)

3 marta 2016 g.