"Katta dada" laqabli avstraliyalik boksçi Lukas Braun 5 martda Grozniy şahridagi "Kolizey" sport majmuasida bölib ötgan WBA versiyasi böyiça öta oğir vaznda çempionlik unvoni uçun ötkazilgan jangda Ruslan Çagayevni muddatdan avval mağlub qildi.
"Oq Tayson" deb e'tirof etiladigan asli özbekistonlik jangçi Çagayev jangni yaxşiroq boşladi va 4-raunddayoq Braunning qoşi yorilişiga olib keldi. Braun taşabbusni öz qöliga olmoqçi böldi hamda muvaffaqiyatli ötkazilgan hujumga javob hujumni ötkazib yuboraverdi.
6-raundda Braun hattoki Çagayevning kuçli zarbasidan keyin nokdaun holatiga ham tuşdi. Biroq tan beriş kerakki, avstraliyalik tezda özini önglab olib, 7-raundni öz foydasiga ötkazdi.
Uçraşuv Çagayevning ğalabasi bilan yakunlanadigandek tuyulayotgan bir pallada jangdagi kutilmagan buriliş 10-raundda örtasida yuz berdi. Hujum qilayotgan Çagayev bir onga himoyani unutib, Lukasning kuçli zarbasini ötkazib yubordi. Çagayev nokdaun holatiga tuşdi va öziga kelişga ulgura olmadi. Keyingi 20 soniya davomida Braun Çagayevga ketma-ket zarbalar bera boşladi va jang referisi jangni töxtatişga qaror qildi hamda avstraliyalikka texnik nokaut bilan ğalabani berdi.




Bu mağlubiyat Çagayev uçun uning faoliyatidagi 3-mağlubiyat böldi, hozirda Çagayevning hisobida 34 ta ğalaba va bitta durang natija bor. Braun esa professional ringda ötkazgan barça 24 jangida ğolib bölişga muvaffaq böldi.
Çagayev uçraşuvning vaqtidan avval töxtatilganidan norozilik bildirdi.
"Uzr sörayman, şunday bölib qoldi. Bilmayman, hakam nega jangni töxtatdi. Uning zarbasi tasodifan çiqqandi, men jangni davom ettirişga tayyor edim. Biroq hakam jangni töxtatişga qaror qildi", deb aytdi Çagayev jangdan keyin.






