Toyota kompaniyasi şassi va kuzovining asosiy qismlari yoğoçdan yasalgan Setsuna kontsept-karini namoyiş qildi. Prototipning ommaviy namoyişi aprelda Milandagi Dizayn haftaligida bölib ötadi.

Yangi modelning yapon tilidan tarjimasi "lahza" ma'nosini anglatadi.

Toyota Setsuna’ning gabarit uzunligi 3030 millimetrni, eni 1480 millimetrni, balandligi esa 970 millimetrni taşkil qiladi. Maşinaning ğildiraklar bazasi 1700 mm.ga teng. Rodster elektr dvigatel bilan harakatga keltiriladi.

Maşina Riva Aquarama italyan motor qayiqlari uslubida bajarilgan. Avtomobilning ramasi qayin yoğoçidan, kuzov panellari yapon kedridan, rul çambari esa sarvdan (kiparis) tayyorlangan. Maşinani yiğişda a'nanaviy yapon texnikasi "okuriari"dan foydalanilgan: detallar bir-biriga mix, şurup va samorezlarsiz birlaştirilgan.

Asboblar panelida vaqtning yuz yillik oraliqlarini hisoblaydigan maxsus ölçov asbobi örnatilgan. U avlod-ajdodlarni ajratuvçi masofalar, uzoq umr köriş va daraxtlarning çiroyini ifodalaydi.