Yangi flagman smartfonlarining paydo bölişi bilan har doim ular ustida har xil qattiq sinovlar ötkaziladi. Ularni esa kompaniya xodimlarining özi emas, balki mustaqil ekspertlar tomonidan amalga oşiriladi. Bu safar blogerlar fevral oyida taqdim etilgan Galaxy S7 smartfonining IP-68 suvga çidamlilik standartini tekşirib kördilar. Soliştirib köriş uçun, uning hamrohlikka iPhone 6s smartfonini misol qilib olişdi. Apple kompaniyasi rasmiy tarzda iPhone 6s smartfonila suvga çidamlilik standarti borligini e'lon qilmagan bölsada, qurilmaning asosiy portlari silikon qöyilmalari bilan himoyalangan.
Galaxy S7 va iPhone 6slarni suv töldirilgan idişga solib, yana çiqarib olib qurilmalarning işlab köriş qobiliyatlari tekşirildi. Şu sinov 15 minut davom etganidan söng, “olmali smartfon” sinovga çiday olmay blogerlar smartfondan suvni çiqarib olişga majbur bölişdi.
Apple iPhone 6s uçun bundan ham xavfliroq sinov qaynagan suvga solib köriş böldi. 20 soniya ötib smartfon qiziganidan öçib qoldi. Galaxy S7 esa bir daqiqagaça qaynab turib öçib qoldi.
Lekin Janubiy Koreyalik smartfon quritilgandan keyin yoqilib işni davom ettirdi, iPhone 6s esa hayot alomatlirini berişdan boş tortdi.







