Lionel Messi 8 mavsum qatorasiga kamida 20tadan gol ura olgan ilk futbolçi böldi.

«Barselona»ning argentinalik hujumçisi Lionel Messi Ispaniya çempionati 28-turida «Eybar»ga qarşi keçgan uçraşuvda ikkita gol urdi va jamoasining 4:0 hisobidagi ğalabasiga hissasini qöşdi.

Opta resursi ma'lumotiga köra, bu Messining mavsumdagi 21-goli böldi va u Ispaniya primerasi tarixida 8 mavsum davomida yigirmatadan ortiq gol ura olgan ilk futbolçiga aylandi.

Kriştianu Ronaldu qatorasiga 7 mavsumdan buyon yigirmatadan gol urib kelmoqda. Bunga qadar Alfredo Di Stefano, Ferents Puşkaş, Kini va Telmo Sarra 6 mavsum davomida bu işni uddalagan.