«Arsenal» jamoasi boş murabbiyi Arsen Venger Yevropada bir jamoani eng uzoq vaqt (19 yil) davomida boşqarib turgan birinçi raqamli murabbiyga aylandi.

66-yoşli bu fransiyalik mutaxassis şu vaqtgaça 29,5 yillik körsatkiç bilan peşqadam bölib turgan «Portadaun» (Şimoliy Irlandiya) boş murabbiyi Ronni Makfoll iste'foga çiqqaç, uning örniga birinçi öringa çiqib oldi.

Makfoll «Portadaun»ni 1986 yilning dekabridan buyon boşqarib kelayotgandi. U Aleks Fergyuson «Mançester Yunayted» boşqaruviga kelişidan 6 hafta ötib irlandlar jamoasida iş boşlagandi. Fergyuson esa 2013 yilning mayida işdan ketgaç, bir jamoada uzoq vaqt davomida işlaş böyiça yetakçilikni Makfollga topşirgandi.

Ma'lumot uçun, Arsen Venger 1996 yilda Yaponiyaning «Nagoya Grampus Eyt» jamoasidan «Arsenal»ga kelgandi.

U ötgan vaqt içida jamoa bilan 1545ta öyin ötkazgan va 837tasida ğalaba qilib, 369 marta mağlub bölgan. Yana 339 uçraşuvda durang qayd etilgan. Kanonirlar uning boşqaruvi davrida uzluksiz ravişda YeÇL iştirokçisi bölib keladi. Venger jamoa bilan 3 marta Angliya çempioni bölgan (1997-98, 2001-02, 2003-04). Şuningdek, 6 marta Angliya Kubogi va 6 marta Angliya Superkubogi qölga kiritilgan.