«Barselona» jamoasining argentinalik hujumçisi Lionel Messi kataloniyaliklar jamoasining öyin uslubi haqida fikr bildira turib, jamoa hujum çiziğining boşqa vakillari bölmiş Luis Suares va Neymarni u bilan soliştirişlariga munosabatini aytib ötdi.
«Biz «Barselona» uçun işlaymiz, öz-özidan raqobat degan narsa bölmaydi. Biz professionallarmiz, faqatgina, öz milliy terma jamoalarimiz safida bölganimizdagina raqibga aylanişimiz mumkin. Hozir esa yöq», — deydi Messi.
Unga nega avval kataloniyaliklarning boşqa hujumçilari bilan bu qadar yaxşi çiqişib ketmagani haqida söraşgan.
«Bu savolga aynan qanday javob berişni bilmayapman. Avvalgi şeriklarim bilan ham bir-birimizni tuşunişimiz yomon bölmagan. Lekin albatta hozirgidagidek emas. Balki, uçalamiz ham lotin amerikaliklar ekanimiz uçundir», deydi Messi.
Eslatib ötamiz, bu trio joriy mavsumda barça turnirlarda jami 100ta gol urişga muvaffaq böldi.






