Bugun 8 mart xalqaro xotin-qizlar kunida Facebook’dagi “Voditeli Taşkenta” hamda “Voditeli Taşkenta (Drivers.uz)” guruhi ayol haydovçilarning Yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimlariga minnatdorçilik bildirilgan xabarlari bilan töldi.

Ularda qayd etilişiça, Yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari ayol haydovçilarni töxtatişmoqda va ularga gul sovğa qilib, bayram bilan tabriklaşmoqda.

 “Kutilmagan va yoqimli sovğa! Men hujjatlarimni tutqazmoqçi bölsam, yöl nazoratçisi meni bayram bilan tabriklab turibdi”, – deb yozdi xodimlarning e'tiboridan xursand bölgan haydovçi ayollardan biri.

Yana bir haydovçi ayol xodimlarning aktyorlik mahorati esga olişni ham unutmadi.

“Xodimlardan biri meni qizil çiroqda ötib ketganligimni aytib turganida, boşqasi gul berib tabrikladi. Kiçik sovğa-yu, biroq juda yoqimli”, – deb izoh qoldirdi guruh a'zo bölgan haydovçi ayol.  

DAN xodimlarining bunday iliq munosabati ba'zi haydovçi ayollarning hazil fikrlariga ham sabab böldi.

“Qizlarjon, menimça ular hamma yoqda! Men doimgidek hujjatlarimni tutqazmoqçi bölsam, ular gul berişdi. Bugun biroz qoidani buzsak böladiganga öxşaydi. Bizning kunimiz!” ,– deb izoh qoldirgan haydovçi ayollardan biri. 

Ma'lumot uçun, 2014 va 2015 yilgi 8 mart bayrami ham yöl nazoratçilarining şunday sovğalari bilan ötgan edi.