Iroq şimolida joylaşgan Erbil şahrida AQŞ harbiy samolyotlaridan biri halokatga uçradi, deb xabar bermoqda Reuters.

Samolyotning barça ekipaj a'zolari tirik qolgan, biroq turli darajada tan jarohati olişgan.
AQŞ mudofaa vazirligi halokat sabablarini texnik nosozlik deb körsatdi. Ayni damda voqeaning butun tafsilotlari örganilmoqda.