Saudiya Arabistoni Jibuti hududida harbiy baza oçmoqçi. Bu haqda "Aş-Şarq al-Avsat" arab gazetasi saytida ma'lum qilindi.
Jibutining Ar-Riyoddagi elçisi uning davlati "Jibutida Saudiya Arabistonining bazasini joylaştiriş haqidagi kelişuvni imzolaş imkoniyatini körib çiqayotganini" ma'lum qildi. Elçining aytişiça, Ar-Riyod bilan kelişuv imzolangandan keyin ikki davlat örtasida harbiy sohadagi hamkorlik "barça yönalişlar: quruqlikdagi qöşinlar, harbiy-havo kuçlari va harbiy-dengiz kuçlari sohalarida rivojlanadi".
Jibuti Respublikasi Afrikaning şimoli-şarqida joylaşgan bölib, uning hududi Adan körfazi va mintaqa uçun strategik jihatdan muhim bölgan Bob-al-Mandab böğozi bilan yuvilib turiladi. Jibutida Fransiya va AQŞning harbiy bazalari joylaşgan. AQŞ bazasida 4 mingga yaqin harbiy bor.






