Minglab singapurliklar 9 mart kuni quyoş tutilişini kuzatiş uçun maxsus jihozlangan joylarga yiğilişdi.

Bu tabiat hodisasining eng çöqqisi – quyoşning deyarli 90 foizga tutilişi mahalliy vaqt bilan soat 8:23 (Toşkent vaqti bilan soat 05:23)ga töğri keldi.

Mahalliy rasadxonalar istagan odam quyoşning ğoyib bölişini kuzatişi uçun bir neça joyda önlab teleskoplar örnatdi.

"Öquvçilar ğaroyib hodisani tomoşa qilişlari uçun maktablarda ham maşğulotlar odatdagidan keçroq boşlandi", deb xabar beradi TASS.

Moviy osmon va zaif quyoş nurlariga qaramasdan butun şaharni bir soat davomida qoronğulik qopladi. Mahalliy vaqt bilan soat 09:00 (Toşent vaqti bilan soat 06:00)da kun yorişdi.