Özining taşqi körinişi bilan internet foydalanuvçilarini öziga rom etgan va "dunyodagi eng çiroyli jinoyatçi" nomini olgan mahbus ozodlikka çiqdi. Bu haqda New York Daily News xabar tarqatgan.
Manbaning yozişiça, uşbu 30 yoşli Jyeremi Miks ozodlikka çiqqaç moda sohasida faoliyat körsatmoqçi.
Miks noqonuniy ravişda qurol saqlaşda ayblanib qamoqqa taşlangandi. Bu esa uning yirik moda agentligi bilan şartnoma imzolaşida xalal bermasligi aytilgan.
Miksning surati 2014 yilning yozida Stokton şahri politsiyasining feysbukdagi sahifasiga joylaştirilgaç, bu surat yuz mingdan ortiq "layk" yiqqandi. Uning suratini 12,8 ming marta ulaşişgan va surat ostida 27 mingtaga yaqin izoh qoldirilgan.
The "hot convict" Jeremy Meeks is free and ready to hit the runway https://t.co/RhhU7yAmZH pic.twitter.com/CR7UO4NTsU
— New York Daily News (@NYDailyNews) 10 Mart 2016






