Facebook yuzlarga real vaqtda niqoblar qöyuvçi MSQRD dasturini işlab çiqqan kompaniyani sotib oldi. Bu haqda Business Insider naşri ma'lum qildi.
Ta'kidlanişiça, MSQRD alohida dastur sifatida qöllanişda davom etadi va yangilanmalar bilan ta'minlab turiladi. Facebook dasturdagi texnologiyalarni özining servislariga uyğunlaştirişni rejalaştirmoqda.
"Masquerade kompaniyasi yuqori sinfdagi videotexnologiyalarga ega fantastik MSQRD dasturini yaratdi. Biz Masquerade’ni jamoamizda kutib olişdan xursandmiz va Facebook videoservisini yaxşilaşni davom ettiramiz", deb aytdi ijtimoiy tarmoq vakili. Dastur yaratuvçilari öz navbatida investorlarga minnatdorçilik bildirişdi va dasturni yanada rivojlantirişga va'da berişdi.
Masquerade Technologies kompaniyasidan belarusiyalik dasturçilar yaratgan MSQRD dasturini iOS operatsion tizimi foydalanuvçilari yuklab olişlari mumkin va u 12 mln martadan köproq marotaba yuklab olingan.
Bepul MSQRD dasturi real vaqtda foydalanuvçi yuzini taniqli odam, biror obraz yoki hayvon qiyofasida grimlaydi. Bu obrazdagi foydalanuvçi videoxabar yozib uni döstlariga yuborişi yoki ijtimoiy tarmoqlarda joylaştirişi mumkin.
Hozirda dasturda önlab "niqob"lar mavjud bölib, ular orasida Stalin, Konçita Vurst, Leonardo di Kaprio, tulki, yölbars, Kiss guruhi iştirokçisi va boşqalar qiyofasi bor.






