Miçigan ştati universiteti xodimlari smartfondagi barmoqlar izi skanerini oddiy purkovçi printer (struyniy printer) yordamida aldaşga muvaffaq bölişdi. Ular silliq qoğozda AgIC kompaniyasining maxsus böyoqlari bilan barmoqlar izini bosib çiqarib, uning yordamida Samsung Galaxy S6 va Huawei Honor 7 kabi smartfonlar himoyasini bemalol çetlab öta olişdi.
Qoğozdagi barmoq izi uning aslidagi ölçamiga aniq mos kelişi kerak va skanerga nisbatan oddiy barmoqdek joylaşişi kerak. Bundan taşqari, barmoqni bir dyuymga 200 nuqta ziçligida çop etiş kerak. Yuqoridagi şartlarga amal qilinganda smartfon videoda körsatilgandek bir urinişda bir zumdayoq blokdan çiqadi.






