Samsung kompaniyasi Filippinda juda arzon, yangi Galaxy J1 Mini smartfonini namoyiş qildi. Qurilmaning texnik körsatkiçlari oddiy, şuning uçun yangi telefonning yuqori samaradorligi haqida gapirişga hojat yöq. Smartfon Android 5.1 Lollipop operatsion tizimi ostida işlaydi, 3-avlod tarmoqlarini qöllab-quvvatlaydi va 1 500 mA-soat siğimga ega akkumulyator bilan jihozlangan. Uning quvvati 3G orqali gaplaşiş rejimida 8 soatga yetadi. Galaxy J1 Mini taşqi körinişidan Galaxy J1 Nxt smartfoniga öxşaşdir.

Smartfon 800x480 pikselli 4 dyuymli TFT-displey, 1,2 GGts takt çastotasiga ega 4 yadroli protsessor, 768 Mb tezkor xotira, 8 Gb içki örnatilgan xotira, microSD xotira kartalari uçun slot, 5 Mp li asosiy va 0,3 Mp li old kamera, SIM-karta uçun ikkita slot, GPS, GLONASS, Wi-Fi 802.11n, Wi-Fi Direct va Bluetooth 4.0. modullariga ega.

Samsung Galaxy J1 Mini narxi haqida hozirça heç narsa aytilmagan. Ta'kidlaş joizki, yangi smartfonga öxşaş bölgan Galaxy J1 Nxt smartfoni narxi 88 dollarga yaqin turadi, şuning uçun yangi qurilmaning narxi ham şu atrofda bölişi taxmin qilinmoqda.