Biz qöl mehnati yordamida yaratilgan noyob ixtirolar, qiziqarli muhandislik işlari, texnik topilmalarni juda ham yaxşi köramiz. Youtube DaveHax kanali gugurt qutisi va toşqalam yordamida qanday qilib mikrofon yasaş mumkinligi tasvirlangan videoni çop etdi. Mazkur oddiy loyiha kömagida siz uyingizda mustaqil ravişda mikrafon yasab, özingiz istagan musiqa va tovuşlarni tinglaş imkoniga ega bölasiz.
Şuningdek, bu loyihaga batareya, ba'zi simlar, quloqçin yoki dinamik ham kerak böladi. Uşbu elektron tajriba bolalar bilan birgalikda yasalsa, yanada qiziqarli böladi.
1. Qutini gugurtlardan tozalab oling va uçli qalam yordamida qutining tugallangan burçagining örtasiga ikkita nuqta çizib oling va ularda teşik hosil qiling.

2. Keyin ötkir tiğli piçoq bilan grafitni oliş uçun qalamni ikkiga böliş kerak va tekis yuza hosil qiliş uçun qayçi tiğini tepa va pastga işqalaş kerak.

3. Grafitlarni gugurt qutmsidagi teşiklarga örnating.

4. Kaltaroq grafitni olib, tekis yuza tomonini gugurt qutidagi grafitlar ustiga qöying, tekis yuza uni surilib ketişdan asraydi.

5. Keyin esa 9 voltlik batareykani siz yaratgan mikrofonga ulang. Buni amalga oşiriş uçun “krokodil” qisqiçlardan foydalanib grafitlardan birini batareya bilan boğlang.

6. Endi esa batareyaning ikkinçi terminalini quloqçin simiga ulang. Uçinçi qistirğiçni gugurtdagi ikkinçi grafit bilan quloqçin simiga ulang.







