Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya yutuqlardan özidan ketişdan saqlanişi kerak, çunki hali köplab hal qilinmagan muammo va masalalar mavjud, deb aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

10 martda Putin Kremlning Georgiyevskiy zalida davlat mukofotlarini topşirdi.

Putin taqdirlanganlarga öziga bildirilgan iliq sözlar uçun minnatdorçilik bildirib, u uçun mukofotlarni topşiriş katta şaraf ekanligini aytdi.

Putinning aytişiça, mamlakatda köplab hal qilinmagan muammolar mavjud.

"Bizda hali hal qilinmagan köplab masala va muammolar mavjud, juda köp. Va biz, albatta, bu yerda yutuqlardan boşimiz aylanadigan holatdamasmiz. Heç qanaqasiga. Biroq siz va siz kabi Rossiyaning buyuk insonlari bu zalda qança köproq bölsangiz, biz oldimizda turgan masalalarni şunçalik tez hal qilamiz", deb aytdi Putin.