Endilikda smartfonlar öz egasini quloqçinlar va quloqlarining şakli yordamida aniqlay olişlari mumkin. Noyob biometrik şaxsni aniqlaş texnologiyasini NEC kompaniyasi taqdim etdi.
Quloq çiğanoqlari tuzilişi har bir insonda noyob bölganligi sababli, tovuş quloq kanalida har xil aks-sado beradi. Xuddi şu xususiyat NEC kompaniyasining quloqçinlarida qöllanilib, qurilmada örnatilgan maxsus mikrofon quloqning içidan kelayotgan aksdan tovuşni tahlil kiladi. Bunday texnologiya bir sekund içida 99 foiz aniqlik bilan şaxsni aniqlaş imkoniyatini beradi.
NEC kompaniyasining Media Processing Laboratories Corporation boş direktori Şigeki Yamagataning sözlariga köra, bunday yangi texnologiya qöşimça harakatlarsiz şaxsni aniqlaşga yordam beradi. Autentifikatsiya esa harakatlar davomida quloqçinlardan foydalangan holda ham amalga oşaveradi.
NEC kompaniyasi yangi qurilmani tijoriy maqsadda sotuvga qöyişi 2018 yilga rejalaştirilgan. Lekin kompaniya hozirgi kundagi barmoq izi texnologiyasidan butunlay foydalanmaslikni taklif qilmayapti. Yangi texnologiyani esa qöşimça holatlarda, misol uçun sirli qönğiroqlarni amalga oşirişda foydalaniş mumkin, degan takliflarni kiritmoqda.






