AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) özbekistonlik fermerlarning meva-sabzavotlar eksporti uçun 130 mln dollar mablağ ajratadi. Bu haqida AQŞning Özbekistondagi elçixonasi xabar bergan.
Joriy yilning 25-26 fevral kunlari ötkazilgan «Farğona vodiysining meva-sabzavotçilik sohasi: eksport salohiyati» nomli Forumda özbekistonlik işlab çiqaruvçilar xorijiy hamkorlar bilan savdo böyiça qiymati 130 mln dollarga teng bölgan protokollar imzolagan, deyiladi manbada.
USAID tomonidan taşkil etilgan forumda 500 dan ziyod turli tarmoqlar vakillari, savdo birlaşmalari, transport-logistika kompaniyalari, elçixonalar, fermer xöjaliklari, şuningdek, Yevropa va MDH mamlakatlaridan kelgan qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqaruvçilar ham qatnaşgan.
Ikki kunlik tadbir doirasida turli seminarlar, yakkama-yakka savdo muloqotlari, körgazma-yarmarka, şuningdek, fermer xöjaliklari va transport-logistika markazlariga sayohatlar uyuştirilgan.






