Meldoniy (mildronat) preparati 2016 yilning 1 yanvaridan sportda taqiqlangan moddalar qatoriga kiritilganidan keyin 60 nafar sportçi qonida aynan şu modda topilgan. Bu haqda Butunjahon antidoping agentligi (WADA) vakili Ben Nikols New York Times naşriga ma'lum qilgan.
«7 mart kunigaça bölgan muddatga qadar doping-testlar natijasida 60ta tekşiruvlarda natijalar ijobiy bölgan. Bu raqam yana ösişi tayin», - deydi Nikols.
Hozirça 12 nafar sportçining nomi ma'lum. Ular orasida rossiyalik Mariya Şarapova, biatlonçi Eduard Latipov, velopoygaçi Eduard Vorganov, figurali uçiş ustasi Yekaterina Bobrova, konkida yuguruvçi Pavel Kulijnikov, şort-trek ustasi Semen Yelistratov va Yekaterina Konstantinova, voleybolçi Aleksandr Markin kabi sportçilar mavjud.






