Uşbu maşina Ginnesning rekordlari kitobiga kiritilgan. 1961 yilda işlab çiqarilgan şvedlarning Volvo P1800S modeli şu paytga qadar 3 mln mil, ya'ni 5 mln km. ga yaqin masofada yurgan. Uning egasi Irv Gordon maşinani “dam oldiriş”ni istamayapti.

Irv 1966 yilda maşinani sotib olgaç, darrov unda sayohat qilişni boşlab yuborgan. Xariddan ikki kun ötiboq u ikki ming kilometr yölni bosib qöygan edi. Şundan söng Irv har kuni öz avtomobilida sayohat qiladi va har kuni 200 km yölni bosib ötadi. Oradan 10 yil ötib, maşina bosib ötgan yölning körsatkiçi 800 ming kilometrni taşkil etadi.


Gordon har yili yangi-yangi natijalarga erişmoqda. Agar hisob-kitob qilinadigan bölsa, avtomobil öz xöjayini bilan yer yuzsini ming marta aylanib çiqqan böladi. Irv ayni damda 72 yoşda, maşinasi esa 2011 yilda ellik yoşini qarşilagan edi.







