Muhtaram yurtboşimiz Islom Karimovning 2016 yil 19 fevral kungi “2016 yilgi Navröz umumxalq bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida” gi qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida Ellikqal'a tumanida maqsadli reja asosida işlar yölga qöyildi..
Tumanda Navröz umumxalq bayram tadbirlari barça ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari, korxona, taşkilot va muassasalarda keng nişonlaş va yuqori saviyada ötkaziş közda tutilgan bölib, 2 mart kuni “Guliston” va “Qizilqum” ovul fuqarolar yiğinlarida bölib ötdi.

Bugun esa tuman markazi Böston şahridagi sumalak sayillari davom ettirildi. Nuroniy onaxonlar doşqozonlarda sumalak va milliy taomlar tayyorlangan bölsa, milliy sport turlari böyiça ötkazilgan musobaqalar, hunarmandlar va yoş rassomlar körgazmalari, milliy taomlar körgazmalari bayramni yanada jozibali ötişini ta'minladi. Ot çoptiriş, qöçqor uruştiriş, xöroz uruştiriş, milliy kuraş, varrak uçiriş, toş kötariş, bektoş kabi milliy öyinlar Navröz sayliga özgaça uyğunlik baxş etdi.

Tuman madaniyat va sport işlari bölimi tomonidan tayyorlangan konsert dasturida tumandagi san'at ustalari, yoş ijodkorlar öz ijod na'munalari bilan iştirok etdilar.

Tadbirlarni taşkil etişda keng jamoatçilik, aholining barça qatlam vakillari taşabbuskorligini oşiriş maqsadida ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari hududlarini, aholini keng jalb etiş orqali köp qavatli uylar atrofini, mahalla va guzarlar, bozorlar, ziyoratgohlar va qabristonlar hududlarida va boşqa infratuzilma obektlarida obodonlaştiriş işlari muntazam taşkil qilinmoqda. Tumandagi har bir fuqaro “Mustaqilligimizning 25 yilligiga 25 tup daraxt mening sovğam” şioriga amal qilib, yangidan mevali va manzarali köçatlar ekib, şaxarning körkam körinişiga öz hissasini qöşmoqda.

Bayram arafasida aholi ehtiyoji uçun zarur savdo va maişiy xizmat körsatiş obektlari, ta'lim muassasalari, zamonaviy loyihalar asosida barpo etilgan yangi 15 dan ortiq obektlari foydalanişga topşiriladi.







