Toşkent şahrida istiqomat qiluvçi fuqaro ötgan yilning 12 aprel oyida Sergeli maşina bozoridan bir odamning “Matiz” avtomobilini 30 oyga 12 ming 250 AQŞ dollariga ijaraga oliş haqida kelişib oladi. Maşina opasining nomida bölgan. Kelişuvga köra, har oy 400 AQŞ dollaridan tölab turişi kerak edi.
“Ogoh” naşrining yozişiça, avtomaşinani ijaraga olgan odam avvaldan 1000 AQŞ dollarini beradi. Biroq bu natariusdan rasmiylaştirilmaydi. Haydaş uçun işonçnoma ham olinmaydi. Ijaraçilar ikki uç-marta ayolning yoniga borib, topa olmaydi.
Bir-ikki oy 400 AQŞ dollaridan berib turadi. Biroq har oy bunça pulni topişga qiynalgani uçun Rossiya federatsiyasiga işlaşga ketadi va öşa yerdan turib, pul jönatib turadi. Biroq oktabr oyida soğlik bilan boğliq muammo sabab, Özbekistonga qaytadi. Oktyabr oyida 300 dollar bergaç, ayolning bundan jaxli çiqadi. Işonçnoma sörab kelganda esa janjal kötaradi. Maşinani öziga qaytarib, pulning ma'lum qismini ham berişini söraganda esa, bir söm ham bermasligini aytadi.
Oradan bir neça kun ötgaç, avtomobilni ijara olgan fuqaro ayolga qönğiroq qilib, “heç bölmaganda 1000 AQŞ dollarini qaytarib bering”, deydi. Ayol rozi bölib, “Matiz”ni ham olib kelişlarini aytadi.
Makkora ayol IIBga qönğiroq qilib, uning avtomaşinasini olib qöyişgani, evaziga 1000 AQŞ dollari talab qilişayotganini aytadi. Kelişilgan paytda, kelişilgan joyda 1000 AQŞ dollarini ayoldan olayotgan ijaraçilar huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan qölga olinadi.
“Öz pullariga ham maşina ololmasdan şunça qiynalişganlari yetmaganidek, endi qia-qizil firibgarga aylanib qolgan bu ikki jabrdiydaning muşkullari oson bölib, haqiqat qaror topdi va bir guruh maşina olib-sotarlarining faoliyatiga çek qöyildi”, deb yozadi gazeta.






