Britaniyalik tadqiqotçi Jyeyms Kukning sovğalari gavayilik aborigenlar (tub aholi)ga qaytirib berildi.

1779 yilda Kuk aborigenlardan yopinçiq va patli dubulğa qabul qiladi. Mahalliy aholi bilan munosabatlar yomonlaşgaç, tadqiqotçi joniga qasd qilinadi. Sovğalar şaxsiy töplamga aylanadi, keyinçalik Yangi Zelandiyadagi milliy muzeyda 100 yil davomida saqlanib kelinadi.

Sovğalarni tub aholiga qaytarib beriş böyiça muzokarlar 3 yil davom etdi. Yopinçiq va dubulğa Vellingtondagi muzey binosida aborigenlar vakiliga qaytarib berildi, deb xabar qiladi Maori Television. «Biz madaniyatimiz uçun juda muhim sanalgan narsalarni qaytarib olyapmiz», – deb ta'kidlaşdi ular.

Yopinçiq va dubulğa Gavayi orolidagi Bişop muzeyida namoyişga qöyilişi rejalaştirilgan.