London markazida katta ölik kalamuş topildi. Kalamuşni bolalar maydonçasida işçilar topib olişgan, ularning aytişiça, kemiruvçi 4 yoşli boladek kelgan, deb xabar bermoqda Telegraph naşri.
Britan OAVlarida kommunal xizmatlar xodimi, 46 yoşli gazçi Toni Smit çop etgan kalamuşning surati paydo böldi. Smitning aytişiça, kalamuşning uzunligi 1,2 metr, vazni esa 12 kg atrofida bölgan.
Smitning aytişiça, u bunday katta kalamuşga birinçi bor duç kelgan. Mahluq-kalamuşning jasadi çiqindi qutisiga taşlab yuborilgan, biroq bundan avval katta kalamuşlar borligiga işonmaydiganlar uçun ğayriodatiy ölçamdagi kalamuşni suratga olişga qaror qilingan.
Smitning aytişiça, u hamkasbi bilan işlayotgan uyda kalamuşlar juda köplab uçraydi. Ularga zahar ta'sir qilmaydi, çiqindi idişlari esa yopilmaydi, şuning uçun kemiruvçilar deyarli doimo oziqalanaveradilar. Mahalliy kommunal xizmatlar xodimlari hukumat katta kalamuşlar muammosini bilişini, lekin aholi orasida vahima uyğotmaslik uçun uni aytmaslikni afzal körişini aytmoqdalar.
Biroq ba'zilarning fikriça, suratdagi kalamuş ölçamlari şubhali körinmoqda. Ehtimol katta kalamuş bilan jasurona suratgan tuşgan erkak şunçaki uni kameraga yaqin tutayotgan bölişi va buning natijasida kalamuş şunday katta körinayotgan bölişi mumkin.
Bu "hiylagarlik" qanday amalga oşirilişi quyidagi suratda namoyiş qilingan.







