Özbek estrada olamida öz uslubi, yönalişi, ovozi va öziga xos xarakteri bilan ajralib turuvçi Munisa Rizayeva doim turli şov-şuvlar markazida yuradi. Biroq hozirça xonanda tomonlarda ança sokinlik.
Ayni paytda qizğin ijod bilan band bölgan Munisa Rizayeva “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida ijod, hayot, bugungi işlari va ertangi rejalari haqida gapirdi.
Jurnalistning xonanda ma'murlarining keyingi paytda tez-tez özgarayotgani haqidagi savoliga “Negadir oxirgi paytlarda talabimga javob beradigan insonni topa olmayapman, şu sababli ma'murlar bilan hamkorligimiz uzoqqa bormayapti. Men juda talabçanman”, deya javob qaytargan. Şuningdek, u suhbat davomida eng katta orzusi ona böliş ekanini ham ta'kidlagan.
Ma'lum qilişiça, Munisa Rizayevaga 15 yoşidayoq sovçi kelgan. Tabiiyki, ota-onasi rozi bölmagan. Hozir esa turmuş örtoq tanlaş juda qiyin bölayotganini aytgan.
“Eng yaqin döstingiz kim”, degan savolga “Eng yaqinim—onam”, deya javob qaytargan.






