New Horizins fazo stansiyasi Yerga Plutonning ğarbiy yarim şari suratlarini yubordi. Suratlarga qarab sayyorada sublimatsiya holatini (gazsimon modda) köriş mumkin. Bu haqda NASA rasmiy saytida e'lon qilingan.

Agentlik taqdim etgan suratlarda yana şuni köriş mumkin-ki, sayyoradagi Piri toğ tizmalaridan janubga qarab metanli muz siljiganining guvohi böliş mumkin. Aynan öşa platforma binafşa rangda belgilab qöyilgan.

Mazkur hudud LEISA (Linear Etalon Imaging Spectral Array) qurilmasi yordamida örganildi. Qurilma mitti sayyoradan 33,9 ming kilometr uzoqlikdan turib suratlarni tasvirga tuşirgan.






