Xolokost (Ikkinçi jahon uruşi davrida yevropalik yahudiylarning millatçilar tomonidan ommaviy qirilişi)ni boşdan keçirgan va Osventsim konsentratsion lagerida yaşagan 112 yoşli Israel Kristal sayyoramizning eng keksa kişisi deb topildi. Bu haqda The Times of Israel naşri xabar berdi.
Kristal Polşada uning yoşini tasdiqlovçi hujjatlar topilganidan söng eng uzoq umr körayotgan rekordçi deb tan olindi. Arxivda u 1918 yilda Lodz şahrida yaşaganligiga guvohlik beruvçi hujjat topildi. U vaqtda keksa otaxon 15 yoşda bölgan.
Israel Kristal 1903 yil 15 sentabrda Jarnuva şahrida tuğilgan, keyinçalik esa uning oilasi Polşaning Lodz şahriga köçib ötgan.
Millatçilar bosqini çoğida uni turmuş örtoği bilan birga konsentratsion lagerga jönatib yuborişadi. Kristalning rafiqasi vafot etadi. Kristalning uruş söngidagi oğirligi 37 kilogramm atrofida bölgan.
Osventsim lageridan qaytgaç, Kristal Isroilga kelib joylaşadi va şu yerda qandolat mahsulotlari dökoni oçib, qaytadan oila quradi.
Eslatib ötamiz, avval yaponiyalik Yasutaro Koide dunyoning eng keksa erkagi deb hisoblangan. U joriy yilning yanvar oyida 112 yoşida vafot etdi.






