UYeFA Madridning "Real" klubining hujumçisi Kriştianu Ronalduni Çempionlar Ligasida joriy haftaning eng yaxşi öyinçisi deb topdi.
UYeFA rasmiy saytida ma'lum qilinişiça, Ronaldu 56 foiz ovoz yiğib, Zlatan Ibrohimoviç (34 foiz) va Xalkni (6 foiz) ortda qoldirdi.
Ta'kidlaş joizki, Ronaldu "Roma"ga qarşi javob uçraşuvida bitta gol va bitta golli uzatma amalga oşirdi.
Bu uçraşuvda "Real" "Roma"ni 2:0 hisobida yengib, Çempionlar Ligasining çorak finaliga yöl oldi, Ronaldu esa Çempionlar Ligasida navbatdagi rekordini örnatdi, ya'ni u musobaqaning pley-off bosqiçida öyin ötkaziş böyiça rekordçiga aylandi. "Roma" bilan uçraşuv Ronaldu uçun Çempionlar Ligasi pley-off bosqiçlaridagi 57-uçraşuv böldi.






