Xitoyning Gansu qişloğida yaşovçi fermer “Transformerlar” kinofilmining qahramonlaridan biri bölgan Bamblbining (qovoğari) ulkan modelini öz qöllari bilan terib çiqdi. U öz uyining kiraverişida oğirligi ikki tonnaga teng keluvçi haykalni yasagan. Bu haqda South China Morning Post xabar bergan.

Transformer pölat va öt öçirgiç yordamida mototsikl va avtomobilning qismlaridan yaratildi. Qovoğari tanasining uzunligi 6,8 metrni taşkil etib, uning yelka kengligi 2,9 metrga teng. Bu modelni yaratiş uçun tört oy vaqt sarflandi.
Naşrning qayd etişiça, “Transformerlar” ilmiy-fantastik kinoepopeyasi Xitoyda juda ham maşhur bölib, gansulik fermer uşbu haykalni öz uyida barpo etgan birinçi mahalliy muxlisga aylandi.
Bamblbi (qovoğari) “Transformerlar”ning juda ham taniqli qahramonlaridan biri hisoblanib, u avtobotlar qarorgohiga tegişli. U korpusining rangi qora va sariqdan iborat bölgani uçun “qovoğari” degan laqabini olgan.







