«Mançester Yunayted»ning sobiq boş murabbiyi, afsonaviy ser Aleks Fergyuson joriy mavsumda APLda keçayotgan çempionlik poygasi haqidagi fikrlarini bildirdi. Uning işonç bilan ta'kidlaşiça, Klaudio Raneri boş murabbiyligidagi «Lester Siti» peşqadamlikda davom etadi va muddatidan oldin çempionlikka erişadi. U «tulkilar» jamoasi boş murabbiyi haqida iliq fikrlar bildirgan.

«Bu safar Angliya çempionligi çempionat yakunlanişiga 3 tur qolganida aniq böladi. Işonç bilan aytamanki, bu yilgi çempion „Lester“. Bunga albatta ularning kuçi yetadi. Raneri joriy mavsumda APLda öz sözini ayta oldi», — deya Fergyusondan iqtibos keltiradi Sunday Times naşri.

Ayni vaqtda, mavsum yakuniga 9 tur qolgan pallada «Lester» jamoasi 60 oçko bilan turnir jadvalida peşqadamlik qilmoqda. Jamoa özining eng yaqin ta'qibçisi «Tottenhem»ni 5 oçko, uçinçi örindagi «Arsenal»ni esa 8 oçkoga ortda qoldirmoqda.