«Çelsi» jamoasining matbuot xizmati vakili Angliya Kubogining çorak finalida «Everton»dan uçralgan mağlubiyatli öyindan keyin (0:2) jamoa hujumçisi Diyego Kostaning raqiblar vakili Garet Berri bilan bahslaşişidan keyin qizil kartoçka olib maydondan çetlatilişi böyiça munosabat bildirdi.

«Öyindan keyin Diyego jamoa xodimlari bilan gaplaşdi va özining Berri bilan janjallaşgani, şundan söng öyindan çetlatilgani uçun afsusdaligini bildirdi.

Bundan taşqari, Diyego öşa vaziyatda Berrini tişlamaganiga işonçi komilligini bildirdi», – deydi londonliklar jamoasi vakili.

Diyego Kosta öyin vaqtida «Everton» yarim himoyaçisi Garet Barrini tişlab oldi