Finlyandiyaliklar mehnatsevarlikni qadrlaydilar, pul topişni va qanday dam olişni yaxşi biladilar. Finlar köp gapirişmaydi, gapirganlarida ham qisqa va lönda qilib fikrlarini bayon etişadi.
Biz ularning fe'l-atvorini ifodalovçi maqol va hikmatli iboralarini e'tiboringizga havola etamiz.

Birpas ötiramiz va besabrlikning ötib ketişini kutamiz.
Kuçuklar dunyoga tezda kelgani uçun ham közi yumuq böladi.
Zarurat bölmasa erta turilmaydi.
Saunaga yetib bora oladigan odam undan foydalana oladi.
Ahmoq boş butun tanaga azob beradi.
Buqani şoxidan, odamni esa sözidan uşlaydilar.

Birovni bir marta aldaşing mumkin, özingni esa bir umr aldaysan.
Odamning kiyimi ustidan emas özidan kul.
Qahr va nafrat hammomda yonib ketadi.
Agar vino, qatron va sauna yordam bermagan bölsa, demak kasallikni tuzatib bölmaydi.
Sababi bölmasa it burgaga bejizga hurmaydi.
Mehnat qil, rohatini keyin kör.
Açinişni tekinga olamiz, hasad uçun esa işlaş kerak.

«Mana endi birgamiz», — debdi kampir böri bilan bir çohga tuşib qolib.
Pulini bersang pop ham öyinga tuşadi.
Dengizda falokat bölganida quruqlikda aqllilar köpayadi.
Birovning mevali boğidan ötsang yöl ham qisqadek tuyuladi.
Men işdan qörqmayman – hattoki işning yonida uxlaşim ham mumkin.







