«Napoli» jamoasi boş murabbiyi Mauritsio Sarri öz şogirdlaridan qaysisidir «Yuventus» öyinlarini tomoşa qilişi töğri bölmasligini bildirdi.

«Men öz yigitlarimga «Yuventus» iştirokidagi öyinlarni tomoşa qilmaslik kerakligini aytganman. Ular bu jamoaning öyinlarini körişsa, telba sifatida qabul qilinişlarini bilişadi, çunki bu jamoaning öyinini tomoşa qiliş heç kimga heç qanday foyda bermaydi. Umuman boşqa jamoalarning öyinlarini tomoşa qilişda ma'no yöq, bu orqali heç kim öz öyinini kuçaytirib qöymaydi.

Menga öyinimiz «Yuventus»dan oldin ötadimi yoki keyinmi, buning ahamiyati yöq. Çunki mening boşimda hamişa faqat ğalaba qozoniş fikri aylanadi. Bu jamoada ham ğalaba qiliş mentalitetga aylangan», — deydi Sarri.

Ayni vaqtda «Napoli» Italiya A seriyasi turnir jadvalida peşqadam «Yuventus»dan 6 oçko ortda qolgan holda ikkinçi örinda bormoqda. Lekin neapolitanliklar jamoasi turinliklardan bitta kam öyin ötkazgan.