Sönggi yillarda AQŞda yuz bergan yöl transport hodisalari oqibatida halok bölgan piyodalar soni 10 foizga oşdi. Yöl xavfsizligi Uyuşmasi tarqatgan xabarlarga qaraganda, 2015 yilning birinçi yarim yilida yöllarda yuz bergan falokatlar oqibatida 2 ming 368 nafar piyoda halok bölgan. Bu 2014 yilga nisbatan ança köpdir. Bir yil muqaddam 2 ming 232 kişi yöl transport hodisalarining qurboniga aylangan edi. Bu boradagi statistika 1975 yildan beri olib boriladi. Eng köp yöl transport hodisalari Kaliforniya, Florida, Nyu-York va Texas ştatlarida qayd qilinadi. 2014 yilda bu röyxatga Arizona, Delaver, Nevada, Luiziana, Nyu-Meksiko, Janubiy Karolina va Florida ştatlari ham qöşilgan.
National Complete Streets Coalition taşkiloti ötkazgan tadqiqot natijalariga qaraganda, AQŞda har 8 daqiqada bir piyodani maşina urib ketadi. Piyodalar uçun eng xavfli şaharlar mamlakat janubida joylaşgan. Tahlilçilarning fikriça, yöllar yil sayin haydovçi va yölovçilar uçun xatarli bölib bormoqda. Sönggi yillarda avtomobillar takomillaşib, yöllar zamonaviylaşib borayotganiga qaramasdan yöl transport hodisalari miqdori kamaymayapti.
Kuzatuvçilarning fikriça, söngi yillarda yöl transport hodisalari böyiça Rossiya oldingi örinlarga çiqib olgan. Har yili yöl transport hodisalari oqibatida har yuz ming rossiyalikning 15-18 nafari halok böladi. Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va AQŞda bu raqam 2-3 nafarni taşkil qiladi. Jahon Soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotlariga köra, yöl transport hodisalari tufayli asosan 15-29 yoşdagilar vafot etadi. 2015 yilda Rossiya yöllarida 21 mingdan ortiq kişi halok bölgan.
Piyodalarning halok bölişiga asosan haydovçilar tomonidan avtomobillar tezligining oşirilişi boş sabab ekani tan olinadi.
Jahon mamlakatlarida kuzatilayotgan yöl xavfsizligi bilan boğliq vaziyat tahlil qilinar ekan, yaqin yillarda yöllarda yuz berişi mumkin bölgan falokatlarning oldini tölaligiça olinişi mumkin emas, degan qaraşlar aytilmoqda. Bu asosiy muammolardan biri bölib qolaveradi.
Masalan, Osiyo, Afrika, Yaqin va Örta Şarq, Karib havzasidagi mamlakatlarda yuz beradigan yöl transport hodisalari qurbonlarining 40 foizini piyodalar taşkil qiladi. Iqtisodi taraqqiy etgan mamlakatlarda bu raqam 10 foizdan 20 foizgaça iborat. Kuzatuvçilarning fikriça, jahon mamlakatlarida yuz beradigan yöl transport hodisalari oqibatida halok böladiganlarni asosan 3 yoşdan 35 yoşgaça bölganlar taşkil qiladi. Yöl harakati xavfsizligi borasida rivojlangan mamlakatlarda sönggi 30 yilda vaziyat barqarorlaşayotgan bir vaqtda qaşşoq mamlakatlardagi vaziyat yomonlaşmoqda.
Ötgan asrning 80-yillarida yöl transport hodisalari oqibatida jahonda bir yilda 300 mingga yaqin kişi vafot etar edi. 90-yillar söngiga kelib, bu raqam 500 ming nafarga yetdi. Bugungi kunda har yili jahonda kuzatiladigan yöl transport hodisalari oqibatida 1 million 200 ming kişi halok bölib, 20 milliondan 50 milliongaça odam jarohat oladi. Ayni damda jahon iqtisodiyoti yöl transport hodisalari oqibatida köradigan zarar bir yilda 800 milliard dollarni taşkil qiladi.






