Xitoyning Dunguan şahrida "Dunyo gözali-2016" gözallik tanlovi öz yakuniga yetdi. Bu yili uşbu tanlovni Janubiy Afrika Respublikasi gözali Kendis Abraxams yutdi.
Dunyoning eng çiroyli vakilasi nomini oliş uçun Polşa, Janubiy Koreya, Kanada va AQŞ vakilalari asosiy da'vogarlar sifatida qaralayotgan edi.
Bu tanlovda tan olinmagan Lugansk xalq respublikasi nomidan birinçi marta Valeriya Bmlinina ham iştirok etdi.

"Men öz respublikam nomidan iştirok etganimdan va öz bayroğim ostida çiqqanimdan xursandman. Men bu bilan yana bir marotaba LNR borligini isbotladim!", deb aytdi Bilinina.
Bilinina ukrainalik Marianna Nijna bilan örtalarida mojaro kelib çiqmadimi degan savolga "yöq" deya javob berdi.
"Dunyo masalalarini siyosatçilar hal qilişi kerak, oddiy odamlar esa muloqot qilişlari kerak", deb aytdi 22 yoşli qiz.






