13 martda Turkiya poytaxti Anqara markazida kuçli portlaş sodir etildi. Oxirgi ma'lumotlarga köra, terakt tufayli 34 kişi halok bölgan, 125 kişi jarohat olgan.

Portlaş mahalliy vaqt bilan soat 18:43da Anqaraning boş köçasi – Otaturk nomidagi xiyobonda, Qiziloy maydoni va Gyuven boği yonida sodir bölgan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, terrorçi-hudkuş minalaştirilgan avtomobilni avtobus bekati yaqinida içida 20ga yaqin yölovçi bölgan avtobus yonida portlatgan. Portlaşdan keyin yon atrofdagi bir neçta avtomobil yonib ketgan. Portlaş tölqini zarbasi oqibatida xiyobon va maydondagi dökonlar derazasi sinib ketgan. Voqea joyida bir neçta hukumat binolari, jumladan, adliya vazirligi, içki işlar vazirligi va Oliy sud binolari joylaşgan.

Portlaşdan keyin mamlakatda Facebook va Twitter ijtimoiy tarmoqlariga kiriş tösilgan.

Turkiya soğliqni saqlaş vaziri Mehmet Muyazinöğluning ma'lum qilişiça, terakt oqibatida voqea joyida 30 kişi, yana 4 kişi şifoxonaga olib ketilayotganda yölda halok bölgan. Şuningdek, 125 kişi jarohatlangan, ulardan 19 nafarining ahvoli juda oğir. Teraktni bir yoki ikki nafar terrorçi-hudkuş amalga oşirgan bölişi taxmin qilinmoqda.

Turkiya boş vaziri Ahmad Dovudöğlu teraktdan keyin darhol favqulodda yiğiliş çaqirtirgan. Terakt ortida kim turgani haqida rasmiy ma'lumot yöq. Turkiya içki işlar vaziri Efkan Ala 14 martda tergov yakuniga yetkazilib, hujum taşkilotçilari nomi aytilişi mumkinligini aytgan.

Bu terakt oxirgi 5 oy içida Anqarada sodir etilgan 3-yirik terakt böldi. Ötgan yilning oktabrida temir yöl vokzali oldidagi namoyişda sodir etilgan terakt oqibatida 102 kişi halok bölgandi, 200 nafarga yaqin kişi jarohatlangandi.

Joriy yilning fevralida harbiy muassasalar joylaşgan hududda terrorçi-xudkuş minalaştirilgan avtomobilni portlatgan. Bu terakt oqibatida 30 kişi halok bölgan, 60 kişi yaralangandi.

Rossiya, AQŞ, Fransiya, Buyuk Britaniya hukumatlari, BMT, Yevropa Ittifoqi va NATO rahbariyatlari uşbu terakt munosabati bilan Turkiya hukumati va jabrdiydalarga hamdardlik bildirişdi.