Joriy yilning 1, 2, 8, 9, 10 aprel kunlari Alişer Navoiy nomidagi kinosaroyda “QVZ bitiruvçilari” deb nomlangan konsert dasturi bölib ötadi. Ahamiyatlisi şundaki, bundan bir neça yillar avval qatnaşgan turli oliy öquv yurtlari jamoalari yana tomoşabinlar oldida öz badiiy çiqişlarini namoyiş etişadi. Jumladan, “Comedy.Uz”, “Dizayn”, “Omadli jyentelmenlar”, “Şaddod qizlar” va boşqalar.
Oliygohlarni bitirib, bugun turli sohalarda faoliyat yuritayotgan sobiq “qvzçi”larning çiqişlari, köpçilik muxlislar uçun qiziq bölişi tabiiy.
“Odamning tabiatida ijodga moyillik bölsa, baribir, u özini eslataveradi. Bu ijodiy çanqoqlikni bee'tibor qoldiriş yaxşi emas. Biz şu holatlar va sobiq “qvzçi”larning taklifi bilan mazkur konsert dasturini taşkil etişga qaror qildik. Bir neça yil tanaffus qilgan, hayotiy tajribasi oşgan, boşqaçaroq aytganda, “ijod törvasi” yangi “gaplar”ga tölgan yigit-qizlarning çiqişlari, öylaymanki, qiziq böladi. Iştirokçilar astoydil tayyorgarlik körişmoqda”, deydi konsert rejissyori Şukrullo Mahkamov.
Rejissyorning ta'kidlaşiça, QVZ professional ligasi taşkil etilmoqda. Endi bu ligada ijodiy qobiliyati şakllangan professional jamoalar qatnaşişi mumkin böladi.
“QVZ bitiruvçilari” konsert dasturida yangi taşkil etilgan jamoalarning çiqişlari ham belgilangan. Hakamlar hay'ati ularning çiqişlarini baholab, yakunda ligada iştirok etiş-etmasligini belgilab beradi.






