Ayrim paytlarda tasodifan yoki qasddan daromad soliğining köproq uşlab qoliş holatlari kuzatiladi. Ana şunday vaziyat mablağni qaytarişning qonuniy çoralari belgilangan. Bu haqida Davlat soliq qömitasi rais örinbosari Odilxon Rustamov “Darakçi” naşrida ma'lum qildi.
“Soliq kodeksining 56-moddasi 1-xatboşiga asosan soliqning byudjyetga tölangani hamda tölaş uçun hisoblangan summasi örtasidagi ijobiy farq soliqning ortiqça tölangan summasi deb, e'tirof etiladi va ortiqça tölangan summa soliq qarzini quyidagi ketma-ketlik hisobiga qoplanadi:
-soliqning mazkur turi böyiça penya va jarimalarni uziş;
-boşqa turdagi soliqlar böyiça qarzni uziş;
-boşqa turdagi soliqlar böyiça penya va jarimalarni uziş;
-mazkur soliq böyiça kelgusi tölovlar;
-boşqa turdagi soliqlar böyiça kelgusi tölovlar hisobiga qoplanadi.
Şundan söng ortiqça tölangan soliqlarning qolgan summasi Soliq kodeksining 57-moddasiga asosan soliq tölovçining bankdagi hisob varağiga pul mablağlarini ötkaziş orqali qaytariladi”.






