Özbekiston Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 26 fevraldagi “2016-2020 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantiriş dasturi töğrisida”gi qaroriga köra, Samarqanddagi “Samauto” MÇJda işlab çiqarilgan 200 ta “Isuzu” avtobusi tabiiy gazga ötkaziladi. Bu haqda review.uz naşri xabar bermoqda.

Prognozga köra, 2017 yilda 250 ta, 2018 yilda 300 ta, 2019 yilda 350 ta avtomobil gaz yonilğisiga ötkaziladi. 2020 yilgaça avtomobil zavodining konveyeridan yiliga tabiiy gazda işlovçi 1100 ta yölovçi avtobusi çiqadi.

Kompaniya ma'lumotlariga köra, Samarqandda Yaponiyaning “Isuzu Motors” kompaniyasi şassisi negizida 37 nafar odamga möljallangan şahar avtobuslari 2007 yildan işlab çiqarila boşlangan.

Samarqand avtomobil zavodi siqilgan tabiiy gazda işlovçi dvigatelli birinçi avtobusni 2015 yil iyulda taqdim qilgan.

“Samauto” MÇJ 2006 yil noyabrda sobiq “SamKoçAvto” Özbekiston Turkiya qöşma korxonasi negizida yaratilgan. Kompaniyaning 58 foiz aksiyasi “Özavtosanoat” AKga, 26 foizi “Asaka” bankiga hamda 8 foizdan aksiyasi Yaponiyaning “Itochu” va “Isuzu” kompaniyalariga tegişli.

Rasmiy ma'lumotlarga köra, 9 yil içida zavodda 10,2 mingdan köproq avtobus yiğilgan.