Misr Markaziy banki 14 mart kuni Misr funtini deyarli 13 foizga arzonlaştirdi.
Şu kunda Misr Markaziy banki banklar aro valyuta kimoşdi savdosida bir Amerika dollarini 8,85 Misr funtiga tenglaştirib, 200 million dollarni sotib yubordi.
Uşbu savdoga qadar bir dollar 7,73 funtga teng edi, deb xabar beradi vestifinance.ru.
Misr MBning rasmiy matbuot-relizida aytilişiça, milliy valyuta devalvatsiyasi haqidagi qaror valyuta bozorida talab va taklif munosabatlarini mö'tadillaştiriş maqsadida qabul qilindi.
Xorij sarmoyalari hajmini oşirişdan taşqari, Misr iqtisodiyoti holatiga salbiy ta'sir etayotgan dollar tanqisligi muammosini yengillaştiriş uçun ham funt qiymati pasaytirildi.
2011 yildan boşlab Misrning valyuta zaxirasi 50 foizga kamaygan. Sönggi paytlarda uning hajmi 16 milliard dollar darajada mö'tadillaşdi.
Mamlakat hududida sodir bölgan terrorçilik harakati va rossiyalik sayyohlar uçayotgan “Kogalymavia” aviakompaniyasi laynerining portlaşi oqibatida xorijdan keladigan dam oluvçilar sonining keskin kamayişi ham Misr iqtisodiyotida valyuta tanqisligi muammosini yanada jiddiylaştirdi.







