Jahon hamjamiyatini mojaroli hududlarda matbuot xodimlarining xavfsizligini ta'minlaş uçun samarali çora-tadbirlar körişga çorlovçi Press Emblem Campaign (PEC) nodavlat taşkiloti ma'lumotlariga köra, Suriyada beş yil davomida 88 jurnalist, ulardan 13 tasi ötgan yili qatl etilgan. 2016 yil yanvaridan buyon esa yana ikki jurnalist öldirilgan va bir neçasi jarohatlangan.
PECning bayon qilişiça, Suriya tört yildan buyon ketma-ket “OAV xodimlari uçun eng xavfli mamlakatlar qatori”ga kiradi. U yerda omma oldida reportyorlarning boşlarini olişgan, otib taşlaşgan. Jurnalistlar taraflar otişmalarida halok bölganlar, asir olinib, mojaroning barça iştrokçilari tomonidan qiynoqqa solinganlar.
Jurnalist-qurbonlar soni juda köp mamlakatlar qatoriga Afğoniston, Iroq, Pokiston va Yaman ham kiradi, deb xabar beradi TASS.
PEC 2004 yilda taşkil topgan bölib, BMT qoşidagi maslahat beriş taşkiloti maqomiga ega. Jurnalistlar örtasida qurbonlar soni haqida ma'ruzalar tayyorlab, notinç mamlakatlarda matbuot xodimlarining xavfsizligini ta'minlaş borasida jamoatçilikni jiddiy çoralar körişga çorlaydi.
Bundan taşqari, taşkilot fikrni erkin ifodalaş yoki jurnalist etikasi buzilişi holatlarida ham öz munosabatini bildirişga harakat qiladi.







