Nijniy Novgorodda maşinasini olib ketayotgan evakuatorga yetib olişga uringan haydovçi tösatdan vafot etdi.

Erkak uning maşinasini jarima maydoniga olib ketayotgan evakuator ortidan yuguradi. Birdan mazasi qoçib, asfaltga yiqiladi. Voqea joyiga tibbiyot xodimlari yetib kelişadi, lekin uni qutqarişning iloji bölmaydi.

Vafot etgan odamning 15 yillik haydovçilik tajribasi bölgan va bunday vaziyatlarga duç kelmagan, ya'ni u doim intizomga rioya etgan.

Uning xotini sodir bölgan voqeaga qaramasdan maşinani sovuqqonlik bilan jarima maydoniga olib ketgan kompaniyani sudga bermoqçi. Ayolning fikriça, erkak qattiq hayajonlanganidan infarkt bölgan va vafot etgan.