1 apreldan Özbekiston aholisi va ulgurji iste'molçilarga beriladigan tabiiy gaz uçun Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yangi tariflar joriy qilinmoqda. Bu haqda «Öztransgaz» aksiyadorlik kompaniyasi xabar bergan.

Yangi preyskurantga köra, aholiga beriladigan tabiiy gazning 1 kubometri hisoblagiç bölgan holda 208,92 sömdan 226 sömga (ösiş - 8 foiz) oşiriladi. Hisoblagiç bölmagan holda ovqat pişiriş va issiq suv ta'minoti uçun işlatiladigan gazning 10 kubometri 3908,30 sömni taşkil qiladi (joriy tarif — 3612,95 söm). Isitiş uçun foydalaniladigan gazning 10 kubometri 1675,55 sömdan 1812,50 sömga oşadi.

Elektr energiya tariflari Özbekistonda oxirgi marta 2015 yilning 1 oktabrida 7,3 foizga oşirilgan edi.

Eslatib ötamiz, 1 apreldan elektr energiyasi, issiq va sovuq suv tölovlari ham qimmatlaşadi.